avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

“Bobom , buvim” – zamonamiz faxri.

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият

 
 
“Bobom, buvim” – zamonamiz faxri.
 
Re’ja:
 
I.               Kirish.
 
1. Nuroniylarimiz xonadonlarimiz farishtasi
 
  1.         Asosiy qism
 
  1. Qarilikni donolik bezar,
 
Yoshlikni – kamtarlik
 
  1. Keksalarni e’zolash yili davlar dasturining amalga oshgan va oshirilayotgan maqsad, vazifalari
  2. Jasorat, burch, matonat
  3. Xotira muqaddas, qadr abadiy!
 
  1. Xulosa.
 
  1. Otasi, onasi bor odamlar hech qachon qarimaydi.
 
 
 
 
 
 
 
                            Ko’nglim nurga to’lar – sizlar bor uyda,
 
                         Olam gulga to’lar – sizlar bor uyda.
 
                         Tinch totuvlik kuylanar bugun har kuyda,
 
                         Sizning ham hissangiz bor bugungi kunda!
 
 
 
         Har bir yangi ishni, to’y-hashamlarni boshlashimizdan avval ota-onalarimiz buvijonlarimizdan, ko’pni ko’rgan keksalardan maslahatlar, ko’mak va fotiha oladilar. Chunki ular qilgan duo amalga oshar ekan. Bir kitobda o’qishimcha yosh bolalar va qariyalar ollohga yaqin turishar ekanlar. Ularning qilgan niyatlari shuning uchun o’z ijobatini topadi. Keksalar uzoq, olis tarixning tirik guvohlari. Ularsiz ko’cha-ko’y, mahalla va uylarimizni tasovvur eta olmaymiz. Ularning har ishda, oilamizda qolaversa qalbimizda o’z o’rnilari bor. Ularning duolari, pand-u nasihatlari, maslahatlari bilan ish ko’ramiz. Zero, dono xalqimiz shunday deydi! “Qari bilganni pari bilmas”.
 
         Nuroniy bobo-buvilarimiz o’zlarining hayot yo’llarida ko’p jumboqlarga, muammolarga duch kelganlar va ularni odilona, oqilona bartaraf etganlar. Shunday keksalarimizni ko’rganimizda ular bilan suhbatlashganimizda ularga havasimiz keladi. Ha qarilikni “donolik” bezar ekan. Bobo va buvilarimizning har so’zidan hikmat, shukronalik, hozirgi dorilamon kunlarning imkoniyatlari seziladi. Ular bizni yaxshilikka, shu yurt uchun, vatan uchun yonib yashashga, shukr qilishga, ezgulikka, hozirda yaratilgan keng ko’lamli imkoniyatlardan oqilona foydalanishga undaydilar. Bobom va buvimning menga ta’kidlaydigan gaplaridan biri shunday: “Qizim doimo kamtar bo’l. Qaysidir yutuqqa erishsang havolanib takabburlik qilma. Insonning muhim fazilatlaridan biri kamtarlikdir. Haqiqatdan ham shunday.
 
“Kamtarga kamol,
 
Manmanga zavol.
 
Buvijonimning aytishlaricha masjidga gerdayib kirgan kishining ibodati ijobat bo’lmas ekan. O’zlari ham bunga qat’iy amal qilgan ekanlar. Muxtasar qilib aytganda “Qarilikni donoolik bezar, Yoshlikni kamtarlik”
 
         O’zbek xalqida azal-azaldan buyon keksalarni asrab avaylash, nasihatlariga quloq tutish odamiylik xususiyatlarimizdan biridir. Shu boisdan prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov 2014-yilning 12-dekabrida “Keksalarni ezozlash yili” davlat dasturini ishlab chiqarishda respublika komissiyasini tashkil qildilar. Bu farmoyishga muvofiq 64 yoshdan 74 yoshgacha bo’lgan aholi keksalar, 75 yoshdan 89 yoshgacha esa qariyalar, 90 yoshdan keyin esa uzoq umr ko’ruvchilar hisoblanadi. Bu dastur samarasi o’laroq yurtimizda keksa avlod vakillariga bir qator afzalliklar yaratildi. Xususan sog’liqlarini tiklash maqsadida bir qator chora tadbirlar amalga oshirildi. Respublika salomatlik poyezdlarida malakali shifokorlar viloyatlarga borib, u yerdagi keksalarning salomatligiga hissalarini qo’shdilar. Shuningdek butun umri, ish faoliyati davomida ko’plab yutuqlarga erishgan keksalargan turli xil sog’lomlashtirish sihatgohlariga, ziyoratgoh joylarga yo’llanmalar berilmoqda. Bu boradagi ishlar hozirgi kunda jadal tus olmoqda. Zero ular bunday sharafga loyiqdirlar.
 
         “9-may Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinayotganiga 15 yildan oshdi. Bu sana mardonavorlik namunasini namoyish etgan yurtdoshlarimiz xotirasiga ko’rsatilayotgan ehtirom, tinch va osuda kunlarimizga shukronalik ramziga aylanib bormoqda. Bu kunga bag’ishlangan tadbirlar “Jasorat, burch, matonat” bu so’zlar zamirida hayot haqiqati mavjud. Bobolarimiz, buvilarimiz qalblarida jasorat bilan, bukilmas iroda, matonat tufayli o’z burchlarini amalga oshirganlar. Hayotning eng og’ir damlarini ham sabr-bardosh bilan yengib o’tgan, vatan ravnaqi yo’lida fidoiy bo’lganlar. Bu haqiqiy matonatning sarchashmasidir. Xotira va qadrlash kunida bu dunyodan o’tganlarni esga olamiz va tiriklarni qadrlaymiz, asrab avaylaymiz. Bizning qishlog’imizda ham urushning og’ir davrlarini ko’rgan va unda ishtirok etgan bobolarimiz bor. Ulardan biri Sharof Jabborov. Bayram munosabati bilan u kishining uylarida suhbatlar uyushtirildi. Bugungi kunda haqiqiy  zamonamiz faxri bo’lgan bobomiz shunda  deydilar: “O’sha yillarni eslasam, etim junjikib ketadi. Turmush sharoiti og’ir hayot kechirish nihoyatda qiyin edi. Bugun esa yurtimiz tinch-osuda hayotimiz, osoyishtaligimiz bardavom bo’lasin. U kishiga bayram munosabati bilan prezident sovg’alari topshirildi. Keksa-yu yosh barchamiz birdek bobomizga havas qilamiz. Xotira muqaddas – qadr abadiydir. Shu boisdan respublika “Nuroniy” jamg’armasi homiyligida 34 jilddan iborat “Xotira kitobi” nashr etildi. Unda 430 mingdan ortiq vatandoshlarimiz haqida ma’lumotlar bor.
 
         Mahallamizda bir qator nabiralar, chevaralar, evaralar ko’rgan otaxon-u onaxonlarimiz bor. Ular umrining shu chog’igacha hayot sinovlaridan o’tib yetib kelishgan. Ulardan shu yoshgacha qanday kelganliklarini so’raganimda buning sababini ular halol mehnat, sabr-toqat, ishonch deb javob berdilar.
 
Men bir gazetadan o’qigan edim “Otasi-onasi bor insonlar hech qachon qarimas ekan”. Haqiqatdan ham nabiralari bo’lsa ham keksa bo’lsa o’z onasi uchun bola bo’lib qolaveradi. Nuroniylar bizning faxrimiz, uyimizning fayzi, quvonchi, xonadonlarimiz obodligidir. Ularni hamisha e’zozlash, qadrlash farzandlik burchimizdir. Hamisha bu dunyoda vafot etganlarni xotirlab, keksalarni qadrlabyashaylik.Zero:
 
“Inson aziz
 
Xotira – muqaddas
 
O’tmish xotiralar borar olislab,
 
Tinchlik qo’shiqlar bezar olamni.       
 
 
 
Koson tuman 15-umumiy o’rta ta’limj maktabning
 
IX B sinf o’quvchisi Jamilova Gulchehra
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“Bobom – buvim zamonamiz faxri”
 
Reja:
 
I.                   Kirish:
 
1.      Keksalarni e’zozlash har birimizning burchimiz
 
 
 
II.Asosiy qism:
 
1.      Qari bilganni pari bilmaydi
 
2.      Jasorat, burch, matonat
 
3.      Qutlug’ xonadonning fayzli nuroniylari
 
 
 
III. Xulosa:
 
1.      Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug’
 
 
 
O’zbek xalqida azal-azaldan keksalarga hurmat-e’tiborda bo’lish, ularni asrab-avaylash, maslahatlariga, nasihatlariga quloq tutish, ularni e’zozlash urfu-odat hamda insoniylik xususiyatlaridan biridir. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi. Barchamizga ma’lumki, mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab mamlakatimizda har yilga nom berish an’ana bo’lib qolgan, 2015-yil esa yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Bu dasturni e’lon qilishdan maqsad yoshga oid kasalliklar, jumladan ko’rish va eshitishning zaiflashuvi kabi kasalliklar profilaktikasi hamda keksa avlod vakillarini har biri yosh toifasining alohida ehtiyojlariga e’tibor qaratishdir. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining fikriga ko’ra, 60-yoshdan 74 yoshgacha bo’lgan aholi -  keksalar, 75 yoshdan 89 yoshdagilar esa – qariyalar, 90 va undan ortiq yoshdagilar uzoq umr ko’ruvchilar hisoblanadi.
 
Bizlar qayerda bo’lmaylik, kim bo’lmasin qariyalarni qadrlash qon-qonimizga singib ketgan. Xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganni pari bilmaydi”, “Qari kelsa – oshga, yoshi kelar – ishga” degan tub ma’noli maqollarimiz borligi bejiz emas. Negaki, o’zbek xalqiga xos va mos urf odati va turmush tarzi shu kabi xalq og’zaki ijodida o’z aksini topadi. Ayniqsa, men bobomning aqli-farosatlariga tan berganman. Ular juda ko’p ertak, afsona, rivoyat va hadislarni biladilar. Bobom menga har doim “Ona qizim vaqtning qadriga yetinglar” – deb nasihat beradilar. Men bobom bilan buvimning hayot mazmunini o’zida jamlagan beg’ubor va samimiy so’zlarini eshitib, o’yga tolaman. Chunki, ular hayotda bo’lgan voqealarni so’zlab beradilar. Bobom, buvim kabi nuroniylar har bir xonadonimizning parisi hisoblanadi. Ular bu xonadonning ting, osoyishta, fayzli va nurli bo’lishi uchun o’z jonini berishga ham tayyordirlar. Zero, keksalarimiz uyimiz tinchligimizning qo’rg’onlaridir!
 
            Mamlakatimizda har yili 9-mayda nishonlaydigan umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o’z hayotini Vatan ozodligi uchun qurbon qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga ko’rsatilayotgan ehtirom, bugungi dorilamon kunlar, tinch-osoyishta hayotimiz va xalqimiz farovonligi uchun faxrlanish hamda minnatdorlik ramziga aylandi. Ushbu tadbir “Jasorat, burch, matonat” shiori ostida o’tkazildi. Bunday nomga ega bo’lgan tadbir shiorimiz o’zi ulkan va chuqur ma’noga ega. Muxtasar aytganimda, jang maydonlarida jon bergan, urushdan qaytmaganlarni eslash, bugun oramizda sog’-salomat hayot kechirayotgan nuroniylarimizga g’amxo’rlik ko’rsatish bizning muqaddas burchimizdir. Buning isboti qishlog’imizning eng keksa urush fidoiysi Jo’ra bobo Sattorovdir. Dunyoda buvisi-yu bobosini yaxshi ko’rmaydigan bola topilmasa kerak. Men ham bobom va buvimni juda ham yaxshi ko’raman. Ular hayotning eng qiyin damlarini ham sabr-bardosh bilan yengib o’tgan, Vatan ravnaqi yo’lida ko’plab insonlar fidoiyligining guvohi bo’lishgan. Urushda qatnashgan bobolarimizning mardlik va jasoratlari xalqimiz xotirasidan hech qachon o’chmaydi. Men bobom, buvimning har bir so’zidan doimo o’zgacha shijoat, kuch olaman. Biz yoshlar keksalar holidan xabar olib, ularning og’irini yengil qilishimiz, pand-nasihatlarini qalbimizga muhrlab olishimiz lozim. Zero, ular bizning doim ardog’imizda va e’zozimizdadir.
 
 
 
                                     O’tmish xotiralar borar olislab,
 
                                     Tinchlik qo’shiqlari bezar olamni.
 
 
 
            Inson xotirasi, aql-zakovati bilan tirik va baxtiyordir. Zero, xotirasidan ayrilgan, tarixini unutgan, o’z ajdodlari, vatandoshlarimiz qadriga yetmaydigan millatning istiqboli yo’q. Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug’lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan e’tibor xalqimizning ana shunday o’lmas qadriyatlarini, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda. Ikkinchi jahon urushida jasorat ko’rsatgan, olovli maydonlarda o’z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog’ida!
 
            Beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi. Bugun oramizda yashayotgan minglab, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga davlatimiz tomonidan har tomonlama e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatilmoqda. O’tganlarning xotirasini yodida saqlab, e’zozlab yashash xalqimiz uchun eng muqaddas fazilat bo’lib kelgan.
 
 
 
  — Toqqa chiqsang toyrilma,
 
Qanot bo’lsang qayrilma.
 
Vatan deya yashagin,
 
Aslo undan ayrilma.
 
Gar niyat pok dillarda,
 
Gullar ungay yo’llarda.
 
Niyati buzuqlar-chi,
 
Sarson o’zga ellarda!
 
 
 
 
 
“Inson – aziz
 
Xotira muqaddas!”
 
 
 
Koson tuman 15-umumiy o’rta ta’limj maktabning
 
IX A sinf o’quvchisi Murodullayeva Roziya
 
 
 

“Mening bobom – mahallamiz faxri”

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Qashqadaryo viloyati Koson tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 98 – umumiy o’rta ta’lim maktabining
VIII A – sinf o’quvchisi Hasanova Yasminaning “Mening bobom – mahallamiz faxri” mavzusida yozgan inshosi
 
“Mening bobom – mahallamiz faxri”
 
Reja:
 
1.                Qarisi bor uyning farishtasi bor
2.                El – yurt tinchligi keksalar duosi bilan
3.                Mening bobom – mening va mahallam faxri
 
Buvilar duoga qo’llarin ochib,
“Boshi toshdan bo’lsin”,-der jigarlarin.
Buvalar yelkaga ortib,  opichib,
““Boshi toshdan bo’lsin”,-der jigarlarin.
 
         O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Prezidentimiz I.A. Karimovning tashabbuslari bilan 2002 -yilda “Qariyalarni qadrlash yili” deb e’lon qilingan edi. Mana, yana keksalarimizni ijtimoiy muhofaza qilish, ularni e’zozlash, hurmatini joyiga qo’yish, ularning haq- huquqlarini yo’lga qo’yish maqsadida 2015- yilni ham “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi yurtboshimizning xalqparvar, ayniqsa keksalarimizga g’amxo’r ekanliklariga yana bir dalolatdir. Bu esa yoshlarimiz qalbida keksalarimizni hurmat qilishni, ularning gaplariga quloq osish hamda ularni asrab -avaylashga qaratilgan chaqiriqdir. Qariyalarimiz har tomonlama va har doim bunday hurmat- ehtiromga loyiqdirlar. Chunki, ular bizning buva-yu  buvilarmiz, ota – onalarimizning aziz va qadrli ota – onalaridirlar. Biz uchun ota – onamiz qanchalar suyukli bo’lsa, ota – onalarimiz uchun ham ular shu qadar azizdirlar. Xonadonlarimizning fayzi, qut – barakasi ham shubhasiz ular.
         “Qarisi bor uyning parisi bor” degan so’z ham bejiz aytilmagan albatta. Chunki, ular bor joyda quvonch, shodlik hamda xotirjamlik bo’lar. Agar biz biror xatolikka yo’l qo’ysak ular darhol o’zlarining kerakli pand- nasihatlari bilan bizlarni to’g’ri yo’lga boshlaydilar. Bularning qalblariga ozor bermay, gaplarini ikki qilmaslik biz yoshlar uchun farz. Ularning yuzlaridagi har bir ajin, boshlaridagi har bir oqargan soch tolalari hayotning achchiq – chuchukligidan bir nishona. Ular mening  nazdimda tirik bir tarix. Urushning keltirgan kulfatlarini matonat bilan yengib, burda nonga shukurlar qilib yashashga intilib, biz yoshlarga farovon hayotni ta’minlab bergan ham shular. Ularning vujudlari singari, gulday nozik qalblarini ranjitishga bizning also haqqimiz yo’q! Vaqti kelib, biz yoshlar ham qariymiz, kuchdan qolamiz. Ana shunda biz ham beixtiyor yoshligimizni eslaymiz va qariyalarga qanday munosabatda bo’lsak, bizga ham xuddi shu hol qaytishini his qilamiz. Qariyalarimiz ham axir bejiz aytishmagandirlar: “Arpa eksang – arpa o’rasan, bug’doy eksang – bug’doy” –deb…
         Qaysi bir donishmand: “Agar bu dunyoda bolalar va qariyalar bo’lmaganda edi, bizning gunohlarimiz evaziga osmon bilan yer birlashib ketgan bo’lar edi” – degan ekan.
         “Yer yomg’ir bilan ko’karar – el duosi bilan” deganlaridek, biz ham har doim qariyalar duosini olib yashashimiz kerak. Bizning bugungi mana shunday tinch va farovon yashashimiz ham shubhasiz, keksalarimiz duosi bilandir. Zero, “Oltin olma duo ol, duo oltin emasmi ?” – deyish ham bejiz emas. Qariyalarimiz omonki, biz ham omonmiz. Shu bois ham yurtboshimiz qariyalarimizning nafaqalarini oshirish, ularni salomatlik markazlariga bepul yuborishi va boshqa shu kabi xayrli ishlarni yo’lga qo’yib, ularning duolarini olmoqdalar. Yurtimizda “Nuroniy” xayriya jamg’armasi, “Qishloq oqsoqollar kengashi”, “Mahalla” xayriya jamg’armalarining tashkil etilishi ham keksalarimizni moddiy va ma’naviy jihatdan muhofaza qilish yo’lidagi yuksak bir ishdir. Biz keksalarimizni nafaqat e’zozlash yilida, balki hamma vaqt, har lahza yod etib, ularni tirikliklarida qadrlab, g’animatliklarini unutmasligimiz darkor. Shu o’rinda men ham bobojonim Rahmon bobo haqida to’xtalib o’tsam degan edim.
         Bobom 1938 yilning 11 yanvarida Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli “Arabxona” mahallasida chorvador oilasida tug’ilgan. Yoshlik yillarini cho’ponlik faoliyai bilan boshlagan bobom harbiy xizmatga borib qaytgach, UFA shahridagi yuridik o’rta maxsus texnikumida, so’ngra Moskva shahridagi Lomonosov nomidagi universitetda tahsil olganlar. O’qishni tugatgach, universitet tavsiyasiga binoan Buxoro viloyatidagi Mahbuslarni tarbiyalash kaloniyasiga ishga yuborilgan, shu yerda 25 yil ish faoliyatini olib borganlar.
Yaxshi ishlari, ko’rsatgan fidoyiliklari uchun Ichki Ishlar Vazirligi tomonidan faxriy yorliq va tashakkurnomalar berilgan. 1980 yillarda yana o’zlari tug’ilib o’sgan Qashqadaryoning Koson tumaniga qaytib kelganlar.
U kishi farzandlarini tarbiyalash bilan birga, ularni Vatanga muhabbat, elga sadoqat, mehnatsevarlikka o’rgatganlar.
Bobomning qilgan barcha ezgu ishlari hamda mehnatlari tufayli bobom hozirgi kunda ham el ardog’ida
“Mening bobom – mening faxrim”
 
Tel: +998912162848

Mening bobom-buvim mahallamiz faxri

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Koson  tuman  XTMFMT  va  TE bo`limiga  qarashli  28-umumiy  o`rta  ta`lim  maktabining     8-sinf o`quvchisi  Aliyeva  E`zoza
Mening  bobom-buvim  mahallamiz  faxri
Reja :
1.      Bizning  bobo  va  buvimiz  faxrimizdir.
2.      Yurtboshimiz   keksalarga   qaratgan  e`tibori .
3.      Qariyalar -xonadonlarimiz   fayzi  va  farishtasi
 
Prizedentimiz   sharofatlari  bilan   2015-yil  “ Keksalarni  e`zozlash  yili ” deb  e`lon  qilindi.  Shundan  so`ng   keksalarga  bo`lgan  e`tibor  yanada  ortdi .  Bizning  boboyu  buvijonlarimiz  bunaqa  e`tibor  va  mehr   muhabbatga   loyiqdirlar. Biz   shuning   uchun  ularni  hurmat  qilishimiz  lozim. Biz  erishayotgan  yutuqlarga  ular  sababchidir. Shu  bois  bugun  turli  sohalarda   erishayotgan   yutuqlarimizda    ota-onalarimiz, mo`tabar  qariyalarimizning  unitilmas va  o`lkan  xizmati  borligini   biz  ular  oldida  umrbod  qarzdor   ekanimizni  unutmasligimiz , qo`limizdan  kelgancha  ular  og`irini  yengil , umrini  uzoq   qilishni  o`zimizni    insoniy  burchimiz  deb  bilishimiz   lozim. Bizning  uyimizni  faxri  xonadonlarimizning  fayzi  va  farishtasi  bo`lmish   boboyu  buvimiz  biz  uchun  juda-juda  qadrlidir. Biz  yoshlar  buvijonlarimizga  qo`limizdan kelgancha  yordam berib ularni   duolarini olishga   harakat  qilamiz. Men  bo`sh  vaqtlarimda  doimo   bobom  va  buvimnikiga   borib turaman. Ularning  uy   yumushlariga  yordam  berishga  harakat  qilaman. Bobojonim  va  buvijonim  menga   ko`plab  nasixatlar   qilishadi . Buvijonim   esa  aqlli, odobli, mehnatkash, mehribon  va  oqko`ngil  bo`lishni  istaydilar. Men  bobojonim  va  buvijonim  nasihatlariga  quloq  solaman. Men  bobom  va  buvijonim   bilan  faxrlanaman. Chunki  shu  paytgacha erishgan yutuqlarimga  ular   sababchidir. Shu  yil  “ Keksalarni  e`zozlsh ”  yili  deb  e`lon  qilinganidan  so`ng  ,ularga  bo`lgan  e`tabor  va  imkoniyatlar   yanada  ortdi. Yurtimizda  keksalarimizga  atab  ko`plab  dam  olish  maskanlari  qurilgan. Ular   bu   maskanlarda  dam  olishmoqdalar. Yurtboshimiz  takitlaganlaridek keksalarga  hurmat- ehtirom   ko`rsatish  insoniylik  tuyg`ularini  bir   bo`lagi bo`lishi   darkor. Qariyalar  — xonadonlarimiz  fayzi  va  farishtasi .Tasavvur   qilib  ko`ring   boboyu-buvijonlarimiz   uyda   bir  kun  bo`lishmasa, xonadonimiz   huvillab  qoladi. Nuroniy   otaxonlarimiz, munis  onajonlarimiz  biz  uchun  juda   ham  qadrlidirlar .Bizga   bobomiz  hozir  so`zlab  berayotgan  ertak  zamirida  ma`no  va  mazmunlar  ko`p. Bizga  bu  ertaklarda  insoniylik   tuyg`usi, mehr  oqibat  ortib  boradi. Bizga  bobo  va  buvijonlarimiz  aytayotgan  nasihatlarida , o`zimizga  bo`lgan  ishonchimiz  yanada  ortadi. Haqiqatdan  ham , xonadonda  nuroniy  otaxon  yoki  onaxon  bo`lsa, bu  oilada  fayzu  baraka ,  farovonlik  ahillik  bo`lishini  barchamiz  yaxshi   bilamiz .Shuni  aytish  joizki  ,biz  doimo  keksalarni  e`zozlab ,qadrlab  hurmat qilib  yashashimiz  lozim. Men  buvim  va  bobojonim  bilan faxrlanaman ,hamda  men  ularni   juda-juda  yaxshi  ko`raman !
 
Baxtimizga  omon bo`ling  bobojonu  buvijonlar ,
                                       Inson    bo`l    deb    doim   o`g`il     qizingizga  .
                                       Tashvishlardan     ajin    tushdi     yuzingizga ,
                                       Arzirmizmi  ,    sizni     bosgan       izingizga .
                                       Ko`pni     ko`rgan     bobojonu    buvijonlar ,
                                       Baxtimizga  omon  bo`ling   qadrdonlar.
                                       To`y  qilasiz, kam  bo`lmasin  deya  bolam
                                        Nasihatdir  og`zingizdan  chiqqan  kalom
                                        Duodasiz  tinch  deb  deya  olam
                                        Ko`pni  ko`rgan  bobojonu  ,buvijonlar.
 
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 28-umumiy  o`rta  ta`lim  maktabining     8-sinf o`quvchisi  Aliyeva  E`zoza
 
 

Mening bobom- buvim mahallamiz faxri.

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Koson  tuman  XTMFMT va TE bo`limiga  qarashli  28-umumiy o`rta  ta`lim  maktabining  VIII a -sinf  o`quvchisi    Shodixonova  Shahribonu
 
Mening  bobom- buvim  mahallamiz  faxri.
Reja:
1   Bobom  va  buvim  mening  faxrim.
2   2015-yil  “Keksalarni  e`zozlash  yili ”
3   Keksalari  e`zoz  topgan  el .                                                                             
      
       Uyimiz  farishtalari  bo`lmish  bobojon va buvijonlarimiz  biz  uchun qanchalik   qadrlidir. Biz  ularni   hurmat  qilsak , qancha  e`zozlasak, qancha   qadrlasak  shuncha  kam.
Bir  o`ylab   ko`raylik    Qarisi bor  uyning  parisi  bor    Qariyalar – xonadonlarimizning  fayzi  va  farishtasi  ”  degan  maqol  va  hikmatli  so`zlarda qanday  chuqur  ma`no bor. Haqiqatdan  ham , qaysi  xonadonga   nuroniy  otaxon  yoki  onaxon  bo`lsa  ,  bu  oilada  albatta  fayz-u  baraka, farovonlik, ahillik  bo`lishini   barchamiz  yaxshi  bilamiz. Tangri  insoniyatga  shunday  imkoniyatlar   tortiq  etganki ,bu  imkoniyatlari  ila  inson  farzandi  hayot  bo`stoni  ichra   yarqirab, sharaflanib   yashab, mangu  hayotga  huquq  oladi. Ongli hayot   kechirgan  inson o`z  oldiga  hamisha “Biz  uchun  eng qadrli  inson   kim  va   nima? ”  degan  savolni   qo`yib  yashaydi. Albatta   hayot ,tiriklik !  Hayot bilan  bizning   quvonchlarimiz , tashvishlarimiz, baxtimiz  orzularimiz   bog`langandir.
          Mening  hayotim  quvonchim  va   orzularim  bobom bilan  bog`liq .  Men  uchun  hayotda  eng  afsusli  begran  lahzalar   bobojonimdan  uzoq  bo`lgan  onlarimdir .  Nima  uchun   gohida bekor  o`tgan damlar  haqida  vaqt  o`tgandan  so`nggina  o`ylab  qolamiz. Men  ham  bobom  qadrini  ularni   yo`qotgachgina  angladim. Bobom  hozir  yonimda  bo`lmasalar  ham  hali  hanuz  ularning   mehrlarini  his  qilib   yashamoqdaman .  Yaqindagina  bir  odam  menga “ bobong  el  koriga  yaragan  hech  kimga  o`xshamagan  inson   edi  ”- dedi. Men uyga  kelib oyimga  bu  gapni aytib ,oyijon  bobom  biz  uchun mehribon  bobojonliklarini, bizdan  hech  narsa  aytmasliklarini  bilardim “ ammo  boshqa  insonlar  uchun  nima  qilganlar ”  deb  savol  bersam,
-Qizim bobong  qilgan yaxshi  ishlarni  qaysi  birini  aytishni  ham bilmayman. Senga  faqat  shuni  ayta olamanki ,bobongga  o`xshagan  insonlar  faqatgina  “jannatiy inson edi ” deb  tilga  olinadi  dedilar .
   Bobom  nasihatlarini  hozirda buvijonim  ham  davom  ettirmoqdalar. Menga doimo  aqlli, mehnatkash  mehribon va  oqko`ngil   bo`lishimni  aytadilar .   Menga  agar sen  hayotda  kim  bilan  faxrlanasan  deb savol  bersalar, faqatgina  bobom –buvim  bilan  faxrlanaman  deb  javob  bergan   bo`lardim. Shuni   aytib  o`tishim  joizki, hozirgacha  eshitayotgan  yutuqlarimga   bobom –buvimning  hissalari  katta.
      Yurtboshimiz  sharofatlari  bilan   2015-yilni “ Keksalarni  e`zozlash ” yili deb  e`lon  qilindi. Shundan  so`ng, keksalarga  bo`lgan  e`tabor  yanada  ortdi. Turli xil  dam  olish  maskanlariga  fidoyi keksalarni   yuborilmoqda. Ularga  mehr ,e`tabor  qaratilmoqda. Bayramlarda  har  -xil  sovg`a salomlar  bilan  bob ova  buvijonlarimizning   uylariga  tashrif  buyurish  biz  uchun odatga  aylanmoqda. Keksalarga  hurmat  ehtirom ,mehr  oqibat  ko`rsatish  ma`naviy  hayotimizning   tom  ma`noda  ajralmas  qismiga  aylangan. Haqiqtdan ham  keksalarga   hurmat  xalqimizning  azaliy  ibratli  qadriyatlaridan  biri   hisoblanadi. Barcha  sohalarda   erishayotgan  yutuqlarimizda   ota-onalarimiz ,mo`tabar  qariyalarimizning  unitilmas va   o`lkan xizmati   borligini  biz  ular oldida   umrbod  qarzdor  ekanimizni   unitilmasligimiz, qo`limizdan   kelgancha  ularga   yordam  berishimiz ,o`zimizni  burchimiz  deb  bilishimiz   lozim.
        Bizning  yurtni  keksalari   e`zoz  topgan  el  deb  tilga  olishadi .  Shu  yil yurtimizda   ko`plab  tadbirlar  o`tkazilmoqda. Yaqinda “Keksalari e`zoz  topgan  el ” shiori  ostida  ajoyib  bayram viloyatlarda   o`tkaziladi. Bu  bayramda  bobo  va  buvijonlarimiz  mazza  qilib dam  oldilar   deb  o`ylayman.
    Biz  doim keksa  bobo  va  buvilarimizga   mehribon  bo`lishimiz  kerak. Ularning  qadrlariga  yetishamiz, hurmat  qilishimiz   lozim. Qulimizdan  kelganicha   ularga  yordam   berishimiz, nasihatlariga  doimo  quloq  solishimiz   darkor!
 
 
 
 
 
 
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 28-umumiy o`rta  ta`lim  maktabining  VIII a -sinf  o`quvchisi    Shodixonova  Shahribonu
 
 

Mening bobom , buvim mahallamiz faxriysi

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Koson  tuman  XTMFMT va TE bo`limiga  qarashli  28-umumiy o`rta  ta`lim  maktabining  VIII b-sinf  o`quvchisi   Yusupov  Kamoliddin .
 
Mening   bobom , buvim   mahallamiz   faxriysi
Reja :
1. Keksalar, xonadonimiz   farishtalari .
2. Qariyalar  duosi  bizga  hamroh .
3. Qarisi   bor  uyning   parisi  bor.
 
     Qaysi  xonadonda   nuroniy  otaxon  yoki onaxonlarimiz  bo`lsa  bu   oilada  albatta, fayz-u baroka , farovonlik  axillik  bo`lishini  barchamiz  yaxshi  bilamiz.
      Keksalarimiz  haqida  so`z  ochgan  ekanmiz, davlatimiz   tomonidan   mustaqillik  yillarida  keksalarni  ulug`lash  borasida  keng  ko`lamli ishlar  olib  borilganligini  ko`rishimiz  mumkin. Ming  shukurki  bizning xalqimizda  o`ziga  xoslik  bor. Keksalarimiz   bobo  va  buvilarimiz  bizni   bir  hafta  ko`rishmasa, bir  yoshga  qarishadi, ko`zlarida   yosh  qalqiydi .  Axir  mehr ko`zda  deyishadi.
      Biz yoshlar  vaqt  topib  bobo va  buvilarimizni  ko`rgan  ularni  duosini  olishimiz   va  biror ishni  boshlashimiz   shart, shunda  ishimiz  omadli  keladi .    “  Biz  bugungi   kamolimizda, hayot  yo`llarida  erishayotgan  yutuqlarimizda  ota –onalarimiz,   mo`tabar  qariyalarimizning  beqiyos  xizmati  borligini  unutmasligimiz  ,ularning  og`irini  yengil, hayotini  farovon  qilishga  intilishimiz  lozim .          
      Bu  aziz  insonlar  biz  barpo  etayotgan  yangi   jamiyatni  qurishda, o`zlarining   boy  hayotiy   tajribasini  ibratli  o`gitlari  bilan  katta  hissa qo`shayotganlarini  qadrlashimiz  lozim.    deb  ta`kidlaydilar  prezidentimiz  o`z  kitoblarida.
      Men  dam  olish  kunlari  bobomlarnikiga  borib  turman  va  ularni  duosini  olaman. Shunda  har  qanday  ishim   o`ngidan  keladi. Shuning  uchun mening  bobom- mening  faxrim   Men  bobomlarni  juda  yaxshi  ko`raman.
Gullagan   bo`yingiz  tortibdi  ajal ,
    Bu narigi  dunyodan  berilgan  xabar .
Taqdirga  bosh  egib sabr  qilgaysiz
 Mayli u dunyoni  ko`rib  kelgaysiz .
Bizni    tashlab  ketdingiz  buvijon.
Xalqimiz   qarisi  bor  uyning  parisi  bor  deydi. Haqiqat   ham  qayerda   keksalar  bo`lsa, shu  joyda   fayz bor  .
 
Faxrlaning  , oqil  o`g`il , qizlar bilan . Hayot go`zal, azizlarim  sizlar  bilan  .      Erkin aytar :           Hamdam   bo`ling   bizlar  bilan 
                               Ko`pni   ko`rgan   otaxonu –onaxonlar !
                               Baxtimizga  omon  bo`ling  qadrdonlar.
 
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 28-umumiy o`rta  ta`lim  maktabining VIII b-sinf  o`quvchisi   Yusupov  Kamoliddin
 
 

Mening bobom , buvim mahallamiz faxri

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Koson  tuman  XTMFMT va TE bo`limiga  qarashli  28-umumiy o`rta  ta`lim  maktabining  VIII b-sinf  o`quvchisi  Hoshimova  Munira
 
Mening   bobom, buvim   mahallamiz   faxri
Reja
1.     Mening  bobom, buvim haqida
2.     Keksalar   bilan   faxrlanaman
3.     Yurtboshimizni   keksalarga  etibori.                                                                                                         
 
          Mening   bobom  va  buvim  juda  hush muomilalar. Mening  bobom ,buvim  mahallamiz  faxri. Men  buvijonimni   yonlariga   tez –tez borib  turishni   istayman. Chunki   men  buvijonimdan  ko`p  yaxshiliklarni   o`rganaman .
       Men  bobomni    fe`l –atvorlari, yomonmi   yomon  deb   birovga  aytmasliklari   va   yurtiga   ,xalqiga  sadoqatligi  bilan  faxrlanaman .  Xayo ,ibo, andisha   xalqimiz  tabiatdagi  g`ozal  axloqiy   fazilatlardan   sanaladi. Qizlarjon  siz  bo`sh   vaqtlaringizda  nima   bilan   shug`ullanasiz ?  — Ha  bilaman, bu  savolimga  o`rtoqlaringiz  bilan  uchrashib   suhbatlashamiz   yoki  do`kon   aylanamiz  deb  javob  berasiz. Ammo   men   bo`sh  vaqtimda  buvijonimni  ko`rgani   ularni  suhbatlarini, unutlarini  eshitgani   boraman .  Chunki   men  ularni  ibo, xayo, andisha   kabi   barcha  axloqiy   fazilatlarni  o`ziga   jam  qilgan  inson  bu  buvijonim   bo`ladilar ,  Men  buvijonimni    shirin   so`z,         mehribon, yomon   ish  qilsak   urishmasdan    oldilariga   chaqirib   yaxshi   maslahat   berishlaridan   faxrlanaman .  Men  bobom   va  o`xshashga   intilaman .  Men  ularni   shirin  so`z ,  dono, aqlli, faqat  yaxshi  ishlarni  ko`proq   qilishlariga   havas  qilaman  va   shunday  inson  bo`lishga  intilaman.
 
 Tonglar   otadi    kunlar     o`tadi ,
Oylar      ketidan   yillar    o`tadi.
         Lek   sizni   unutmay    kunlar   o`tadi,
       Ey  mening   dono  bobo  buvijonim.
 
 
 
 
 
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 28-umumiy o`rta  ta`lim  maktabining  VIII b-sinf  o`quvchisi  Hoshimova  Munira

Mening bobom , buvim mahallamiz faxri

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Koson  tuman  XTMFMT va TE bo`limiga  qarashli  14-umumiy o`rta  ta`lim  maktabining  VIII b-sinf  o`quvchisi  Nurmatova Sitora
 
Mening   bobom, buvim   mahallamiz   faxri
Reja
1.     Mening  bobom, buvim haqida
2.     Keksalar   bilan   faxrlanaman
3.     Yurtboshimizni   keksalarga  etibori.                                                                                                         
 
          Mening   bobom  va  buvim  juda  hush muomilalar. Mening  bobom ,buvim  mahallamiz  faxri. Men  buvijonimni   yonlariga   tez –tez borib  turishni   istayman. Chunki   men  buvijonimdan  ko`p  yaxshiliklarni   o`rganaman .
       Men  bobomni    fe`l –atvorlari, yomonmi   yomon  deb   birovga  aytmasliklari   va   yurtiga   ,xalqiga  sadoqatligi  bilan  faxrlanaman .  Xayo ,ibo, andisha   xalqimiz  tabiatdagi  g`ozal  axloqiy   fazilatlardan   sanaladi. Qizlarjon  siz  bo`sh   vaqtlaringizda  nima   bilan   shug`ullanasiz ?  — Ha  bilaman, bu  savolimga  o`rtoqlaringiz  bilan  uchrashib   suhbatlashamiz   yoki  do`kon   aylanamiz  deb  javob  berasiz. Ammo   men   bo`sh  vaqtimda  buvijonimni  ko`rgani   ularni  suhbatlarini, unutlarini  eshitgani   boraman .  Chunki   men  ularni  ibo, xayo, andisha   kabi   barcha  axloqiy   fazilatlarni  o`ziga   jam  qilgan  inson  bu  buvijonim   bo`ladilar ,  Men  buvijonimni    shirin   so`z,         mehribon, yomon   ish  qilsak   urishmasdan    oldilariga   chaqirib   yaxshi   maslahat   berishlaridan   faxrlanaman .  Men  bobom   va  o`xshashga   intilaman .  Men  ularni   shirin  so`z ,  dono, aqlli, faqat  yaxshi  ishlarni  ko`proq   qilishlariga   havas  qilaman  va   shunday  inson  bo`lishga  intilaman.
 
 Tonglar   otadi    kunlar     o`tadi ,
Oylar      ketidan   yillar    o`tadi.
         Lek   sizni   unutmay    kunlar   o`tadi,
       Ey  mening   dono  bobo  buvijonim.
 
 
 
 
 
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 14-umumiy o`rta  ta`lim  maktabining  VIII b-sinf  o`quvchisi  Nurmatova Sitora

,,Mening buvim va bobom-mahallamiz faxri’’

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият

,,Mening  buvim va bobom-mahallamiz faxri’’
 
                               
 
 Reja:
 
 
 
1.Bu ko’rkam diyor keksalar bilan fayzli.
 
2.Keksalarimizni sharaflaymiz.
 
3.Mening buvijonim va bobojonim-suyangan tog’im.
 
4.Mehri daryo buvijonim,qalbi ummon bobojonim.
 
                          ,,Qarisi bor uyning parisi bor’’.(Maqol)
 
 
 
               Mehrla bezatilgan qadrdon va maftunkor,quvonch ila bunyod etilgan bu ko’rkam va obod diyor keksa nuroniylarimiz bilan fayzlidir.Keksa bobolarimiz,nuroniy buvijonlarimiz yurtimizning har bir go’shasida,har bir mahallasida savlat to’kib,nur taratib,ziyo sochib turibdi.Shuning uchun bizning diyor eng go’zal va g’oyatda maftunkor.Keksalar duosi tufayli obod bu diyor.
 
               Diyorimizni sayr etib yurar ekanman,har qadamda ziyo sochib turgan nuroniy buvijonlarni,keksa bobolarni uchrataman.Ular chehrasidan har doim nur taralib turadi.Keksalar nasihati,duosi har bir insonga zarur.Ertalab uyg’onib,yuvinib-taranib,nonushta qilib,ishga yoki o’qishga otlanayotganingizda keksa bobongiz va buvingiz duo qilib,sizni ochiq chehra bilan kulib,jilmayib kuzatsa,kun bo’yi shu kayfiyat bilan yurasiz,shu kayfiyat ila yana uyga qaytasiz.Shuning uchun keksalari bor xonadon egalari doimo xush kayfiyatda bo’lishadi.Shu sababli ham qarisi bor uyning parisi bor deyishadi.Darhaqiqat,ular farishtalarga o’xshaydilar.Bobom va buvim –mening ikki farishtam.
 
                Yurtboshimiz bu yil 2015-yilni,,Keksalarni e’zozlash yili’’deb e’lon qildi.Bugunga kelib keksalar uchun xuddi o’zlari orzu qilganlaridek tinchlik,farovonlik va muhim shart-sharoitlar mavjud.Ularning orzulari endilikda ro’yobga chiqdi.Bizning bobo va buvijonlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlar uchun biz prezidentimizga chuqur tashakkur bildiramiz.Ular uchun bepul tibbiy ko’riklar,muqaddas qadamjolarga ziyoratlarga sayohatlar yo’lga qo’yilgan.
 
                 Bizning xonadonimizda ham keksa bobom va buvim borlar.Ular mening suyangan tog’imdirlar.Ularning nasihati va duosi meni aqlli,komil inson bo’lib yetishishim uchun bir poydevor bo’lib kelmoqda desam mubolag’a bo’lmaydi.Ular uyda bo’lsalar,uyimiz nurga to’ladi.Buvijonim mehribon,oqila,pazanda va xushmuomala ayoldirlar.Bobom esa kuchli bilimli,ziyoli,mehnatsevar inson.Ular bizga doimo rostgo’y bo’lishimizni uqdiradilar.,,Rostgo’y inson boshini hech qachon qilich kesmas,shuning uchun boshingizga qilich kelsa ham,masala sizning zararingizga  hal bo’layotgan bo’lsa ham rost so’zlang’’,-deb aytadilar.Buvim esa bizni hunarli bo’lishimiz uchun,,qiz bolaga qirq hunar,yigit kishiga yetmish hunar oz’’,deb keladilar.Ularning nasihatlari tufayli men til o’rganishni,hunar egallashni boshlab yubordim.Kelajakda esa shifokor bo’lmoqchiman.Shifokorlik kasbini tanlashimga sabab buvim va bobom betob bo’lib qolganlarida ularni davolash uchun kasalxonaga olib ketishadi,uyda bobom va buvimsiz qiynalaman,ularni sog’inaman agar shifokor bo’lsam,ularni o’zim davolar edim,olqishlariga sazovor bo’lardim.Eng katta niyatim ham shudir.
 
                Bobom va buvim-mening farishtalarim.Ular xonadonimizga nur sochishi bilan bir qatorda,mahallamiz faxridirlar.Mahallamizdagilarning bari-barisi bobom va buvimning nasihatlarisiz qiz uzatmaydi,to’y qilmaydi.To’y ham,ma’raka ham bobom va buvim boshchiligida xushchaqchaqlik bilan o’tkaziladi.Bizning mahallamiz juda obod,sababi bu mahallada mening buvim bilan bobom bor.
 
               Agar yo’lingiz tushsa,Qashqadaryo viloyati Koson tumani Mudin qishlog’i ,,Gulzor’’mahallasiga bir kelib keting.Shunda yozganlarimga guvoh bo’lasiz.Bir tarafi olmazor,bir tarafi yong’oqzor tekis va ravon yo’llardan o’tayotganingizda har qadamda suhbatlashib o’tirgan nuroniy bobolarimizni,nevaralarini o’ynatib turgan,bolajonlarning jajji qo’llaridan ushlab olib nimalarnidir gapirib berayotgan momolarimizni uchratasiz.Nur sochib turgan bu nurafshonlar ichida mening qalbi daryo,mehri ummon buvijonim va bobojonimni uchratsangiz ajab emas.
 
                Maktabdan qaytgandan so’ng ,avvalambor,buvim va bobomni qidirib qolaman.Ularni ko’rgach esa yonlariga borib,salomlashaman.Ular bilan birgalikda ovqatlanishni yoqtiraman.So’ng ularning duolarini olib,ota-onamga yordamlashishga shoshilaman.
 
                Har doim munavvar tong otishi uchun,doim sog’lom yurishimiz uchun xonadonimiz farishtalarining qo’llari duodan chiqmasin.Ularning porloq ko’zlari har dam porlab tursin.Nasihatlarini bizdan ayamaydigan buvijonimning so’zlari hech qachon tugamasin.Ular hayotimizdagi so’nmas yulduzga, nurlari hech qachon tugamas quyoshga aylansin.Shunda biz yoshlar kelajagi buyuk davlatning komil farzandlari bo’lib  yetishamiz.
 
    
 
TAQRIZ
 
             Insho mavzusiga mos reja tuzilgan.Reja to’liq yoritib berilgan.Imloviy,ishoraviy xatolarga yo’l qo’yilmagan.O’quvchi o’z mustaqil fikrini bayon qila olgan.
 
         Mazmuniga    100 ball
 
 
 
 
 
         Qashqadaryo  viloyati  Koson  tumanidagi  57-maktabning  9-sinf  oquvchisi Omonova  Nasiba